Toʻlov, chek va pulni qaytarish
Tahrir sanasi: 2026-yil 20-oktabr.
1. Toʻlov usullari
- Bank kartasi (UzCard, Humo va toʻlov tashkiloti qoʻllab-quvvatlaydigan boshqa kartalar) — Markaziy bank litsenziyasiga ega toʻlov tashkiloti Paylov orqali. Karta maʼlumotlari toʻlov tashkiloti tomonida qayta ishlanadi; Kitobchi karta raqami va CVV kodini saqlamaydi.
- Yetkazib berishda naqd pul — buyurtma, yetkazib berish usuli va Xaridorning buyurtmalar tarixi bunga imkon bergan hollarda. Oldindan buyurtmalar uchun naqd toʻlov mavjud emas. Avval naqd toʻlovli buyurtmadan bosh tortilgan boʻlsa, naqd toʻlov vaqtincha yopiladi.
- Keshbek va sovgʻa sertifikati — faqat karta orqali toʻlanadigan buyurtmalarda qisman yoki toʻliq ishlatiladi.
- Kitobchi nasiya xizmati — “Kitobchi nasiya xizmati shartlari”ga muvofiq.
2. Karta orqali toʻlov tartibi
2.1. Buyurtma rasmiylashtirilganda uning summasi kartada bloklanadi (hold) va buyurtma Xaridorga topshirilganda yechib olinadi. Bloklash muddati 7 kungacha; buyurtma shu muddatda topshirilmasa yoki bekor qilinsa, bloklangan summa ochiladi.
2.2. Toʻlov bir soat ichida tasdiqlanmasa, buyurtma avtomatik bekor qilinadi.
2.3. Platformada saqlangan karta, unga bogʻliq toʻlanmagan buyurtma yoki ochiq nasiya shartnomasi boʻlsa, qaytarish shu kartaga yetib borishi uchun vaqtincha oʻchirib boʻlmasligi mumkin.
3. Fiskal chek
Karta orqali toʻlov va pulni qaytarish boʻyicha elektron fiskal chek qonunchilik talablariga muvofiq shakllantiriladi va ilovada yoki SMS orqali taqdim etiladi.
4. Keshbek
4.1. Keshbek yakunlangan buyurtmalar uchun buyurtma summasiga qarab belgilangan foiz miqdorida (foizlar ilovada koʻrsatiladi), shuningdek xarid qilingan tovarga sharh qoldirilganda belgilangan summada hisoblanadi.
4.2. Buyurtma uchun keshbek buyurtma yakunlanganidan 7 kun oʻtib (qaytarish muddati tugagach) balansga oʻtkaziladi. Nasiya orqali rasmiylashtirilgan buyurtmalarga keshbek berilmaydi.
4.3. Keshbek bilan tovar narxining 100 foizigacha qoplash mumkin; yetkazib berish va qadoqlash narxi keshbek bilan toʻlanmaydi.
4.4. Keshbek pul emas, naqd pulga almashtirilmaydi va boshqa akkauntga oʻtkazilmaydi. Buyurtma bekor qilinsa, ishlatilgan keshbek balansga qaytariladi; qaytarilgan buyurtma uchun hisoblangan keshbek bekor qilinadi.
5. Sovgʻa sertifikatlari
5.1. Sertifikat Platformada belgilangan nominalda sotib olinadi va oʻziga yoki boshqa shaxsga sovgʻa qilinishi mumkin.
5.2. Sertifikat faollashtirilgan kundan boshlab 30 kun amal qiladi. Sovgʻa qilingan sertifikat toʻlovdan keyin 90 kun ichida faollashtirilmasa, u bekor boʻladi.
5.3. Sertifikat bir necha buyurtmada qisman ishlatilishi mumkin; qoldiq amal qilish muddati davomida saqlanadi. Muddati oʻtgan qoldiq tiklanmaydi.
5.4. Sertifikat naqd pulga almashtirilmaydi. Faollashtirilmagan sertifikat boʻyicha pulni qaytarish soʻrovi qoʻllab-quvvatlash xizmati orqali qonunchilikka muvofiq koʻrib chiqiladi.
6. Pulni qaytarish holatlari
- buyurtma topshirilgunga qadar Xaridor, Sotuvchi yoki Operator tomonidan bekor qilinganda (karta orqali toʻlovda — bloklangan summa ochiladi yoki qaytariladi);
- buyurtmaning bir qismi bekor qilinganda — shu qism summasi;
- toʻlov ikki marta yechilganda yoki texnik xato natijasida ortiqcha summa yechilganda;
- “Yetkazib berish va tovarni qaytarish tartibi”ga muvofiq sifatli tovar qaytarilganda yoki nuqsonli/notoʻgʻri tovar boʻyicha talab qanoatlantirilganda;
- qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
7. Qaytarish muddatlari va usuli
7.1. Pul toʻlov amalga oshirilgan usulda qaytariladi: kartaga — Platforma orqali; keshbek, sertifikat va promokod bilan qoplangan qism — tegishli balansga yoki promokod tiklanadi.
7.2. Qaytarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng Operator qaytarish operatsiyasini 3 ish kuni ichida boshlaydi. Mablagʻning kartaga tushish muddati bank va toʻlov tizimiga bogʻliq va odatda 1–10 ish kunini tashkil qiladi. Bloklangan (hold) summa bekor qilinganda bank odatda uni darhol yoki bir necha kun ichida ochadi.
7.3. Qaytarish kechiktirilganda Xaridor qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralarini talab qilish huquqiga ega.
8. Rekvizitlar va aloqa
YaTT Turdaliyev Abbos Erkin oʻgʻli
STIR: 51503025990027
H/r: 2021 8000 4071 9264 9001
Bank: “Trastbank” XAB Bosh ofisi, Toshkent sh., MFO: 00491
Tel.: +998 50 030 30 33, e-pochta: toordaliev@gmail.com