Kitobchi API v1
OpenAPI Postman Kitobchi.com

Boshlash

Client API bilan birinchi so‘rovni yuborish, arxitektura tamoyillari va integratsiya tartibini tushunish.

Nima bu?

Kitobchi Client API — do'konlar, katalog platformalari va uchinchi tomon servislar uchun mo'ljallangan REST API. API orqali siz Kitobchi'ning kitob va kanselyariya katalogiga, qidiruv tizimiga va seller ma'lumotlariga ulana olasiz.

Barcha so'rovlar HTTPS orqali, quyidagi base URL ga yuboriladi:

Base URL
https://www.kitobchi.com/api/v1/client

Boshlash

1

API kalitini oling

Kitobchi jamoasiga murojaat qiling — sizga X-App-ID va X-App-Secret juftligi beriladi. Kalit siz boshqaradigan do'kon hisobiga bog'langan.

2

Birinchi so'rovni yuboring

Quyidagi cURL misolini ishga tushirib natijani ko'ring. Barcha so'rovlarda ikkala header ham bo'lishi shart.

3

Integratsiyani quring

Catalog, search va seller endpoint'larini o'z tizimingizga ulang. So'rovlarni faqat serveringiz tomonidan yuboring — API kalitini hech qachon frontend kodiga kiritmang.


Birinchi so'rov

bash
curl --request GET \
  --url 'https://www.kitobchi.com/api/v1/client/products/books?page=1' \
  --header 'Accept: application/json' \
  --header 'X-App-ID: app_xxxxxxxxxxxx' \
  --header 'X-App-Secret: your-secret-here'

Javob formati

Barcha javoblar JSON formatida qaytariladi. Muvaffaqiyatli javob:

JSON — 200 OK
{
  "status": "success",
  "data": [ ... ],
  "meta": {
    "page": 1,
    "per_page": 20,
    "total": 342,
    "last_page": 18
  }
}

Xato bo'lganda:

JSON — Xato javob
{
  "status": "error",
  "message": "Invalid or inactive API credentials"
}

Muhim qoidalar